Cambridge Assessment English hamda Samarqand Shahar Xalq talimi bo`limi o`rtasida hamkorlik
Samarqand Shahar maktablarining ingliz tili o’qituvchilari Xalqaro CEFR imtihonlarini imtiyozli asosda topshirishi mumkin bo’ladi
Bugun O’zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi vazirligi Samarqand Shahar Xalq Ta’limi bo’limi hamda Cambridge Assessment Englishning O’zbekistondagi Imtihonlar Markazi - Innovative Centre bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun Cambrigde Assessment English dunyodagi eng nufuzli universitetlaridan biri Kambrij Universitetining bir qismi hisoblanadi, va O’zbekistonda qator tashkilotlar hamda talim muassassalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Butun dunyo bo’yicha har yili 5,5 milliondan ortiq odamlar mazkur tashkilot tomonidan yaratilgan IELTS va CEFR imtihonlarini topshiradi. Innovative Centre Samarqandda bevosita faoliyat yuritib, talabalrga ingliz tilidan dars beradi, o’qituvchilarga esa ingliz tilida xalqaro standartlarga asosan dars berishda metodik yordam ko’rsatadi. Cambridge Assessment

Mazkur memorandum doirasida Shahar Xalq ta’limi bo’limi Kebridj Universititda chop etilgan metodik qo’lllanmalar bilan ta’minlanadi hamda tasarrufidagi maktab o’qituvchilari Cambridge Assessment English tomonidan tashkil etiladigan vebinar, konferensiya hamda masterklasslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Eng muhimi, Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi maktab o’qituvchilari Xalqaro Cambridge CEFR imtihonalrini imtiyozli narxlarda topshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
CEFR imtihoni Cambridge Assessment tomonidan kompyuter hamda qog’ozda tashkil etilgan maxsus platforma orqali 4 bosqichda topshiriladi: • Listening; • Reading and Use of English; • Writing; • Speaking
Commentaires